Skip to main content

Yuridik shaxslar elektr va gaz uchun to‘lovlarni korporativ kartalar orqali amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi

17
mart, 2025

Markaziy bank Boshqaruvining “O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarini chiqarish va muomalasi qoidalari to‘g‘risidagi nizomning 19-bandiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi (ro‘yxat raqami 3294-2, 13.03.2025 y.).

O‘zgartirishga muvofiq, yuridik shaxslar elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun mobil ilovalar orqali milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.03.2025 yildan kuchga kirdi.


Foydali materiallar

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni “Kichik va o‘rta biznesn…
“KBA and PARTNERS” advokatlik firmasi har bir oilaga tinchlik va farovonlik, so…